Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2020 yilning 14 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Chexiyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Vatslav Yilekni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatli faoliyat tiladi, deyiladi TIV xabarida.
Qayd etilishicha, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Chexiya hamkorligini hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, O‘zbekiston iqtisodiyoti sohalarida loyihalarni amalga oshirishda Chexiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari va texnologiyalarini jalb qilishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.
Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
14:36 / 30.04.2026