O‘zbekiston | 08:45 / 15.12.2020
19174
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 22 yoshli haydovchi BMW X5’da YTHga uchradi

Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 12:10larda Toshkent shahar Uchtepa tumani, To‘qimachi ko‘chasida, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.A. "BMW X5" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilib avtomobil ag‘darilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, qoidalarni chetlab o‘tib o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid