Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya samaradorlik uchun pul kerakmi? Ular mavjud!
So‘nggi yillarda energiya samaradorlik masalasi ommalashib bormoqda. Ushbu masalada ko‘plab ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda juda katta miqdordagi elektr energiyasi nooqilona iste'mol qilinadi.
Sanoat korxonalari tomonidan energiya resurslaridan yanada oqilona foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.


Axir ular energiya manbalarining eng katta iste'molchilari. Energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va tabiiy ravishda mahsulot raqobatbardoshligini oshirishda ustuvor omil hisoblanadi. Bundan tashqari, bu ishlab chiqaruvchi kompaniyalar sof foydasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarishda tayyor mahsulot tannarxida energiya sarfi ulushining ahamiyatsizligi haqida fikr yuritish stereotipi, shuningdek energiya manbalarining mavjudligi va nisbatan arzonligi to‘g‘risida fikr mavjud. Garchi, ayrim tarmoqlarda ular tayyor mahsulot tannarxining 15% dan 40% gacha (xomashyo sotib olish xarajatlarini hisobga olmaganda) to‘g‘ri keladi. 75% ga yetishi mumkin bo‘lgan holatlar ham mavjud.


Sanoat menejyerlari ko‘pincha, energiya samaradorligini oshirish dasturlari va energiyani malakali boshqarish orqali potensial tejashni kam baholaydilar.
Energiya narxlarining ko‘tarilishi mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu bilvosita yakuniy mahsulot tannarxining oshishiga va tovarlarni sotish hajmining pasayishiga olib keladi.


Korxonalar energiyani tejashga qaratilgan yirik tadbirlarga sarflash uchun o‘z mablag‘lari yetishmasligiga duch kelishi mumkin. Shu bilan birga, energiya tejash tadbirlarining bir qismini moliyalashtirish faqat o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, texnologik jarayonlarni to‘liq modernizatsiya qilish va kompaniya tarkibini rekonstruksiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasining imtiyozli mablag‘lari yordamida amalga oshirilishi mumkin (broshyura).


Loyiha 2011 yildan faoliyat yuritadi va unga Jahon bankining – 325 million dollar ekvivalentida imtiyozli kredit mablag‘lari, hamda O‘zbekistondagi tijorat banklarining mablag‘lari ajratilgan.
2011 yildan buyon 43 ta sanoat korxonalarida 101 ta investitsiya sub-loyihalari amalga oshirildi. Ushbu sub-loyihalarni amalga oshirish natijasida yiliga 546 million kVt/soat elektr energiyasi va 229 million kubometr tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bundan tashqari, ishtirok etuvchi korxonalar yiliga 580 ming tonnadan ziyod CO2 havo chiqindilarini kamaytirdilar.


Neft va gaz, tog‘-kon sanoati, kimyo, elektr va energetika, oziq-ovqat, qurilish va qayta ishlash kabi energiya talab qiladigan sohalarda sub-loyihalar amalga oshirilmoqda. Shunda, «O‘zkimyosanoat» AJ korxonalarida 15ta, «O‘zbekneftgaz» AJ - 12ta, «O‘zmetkombinat» AJ - 10ta, O‘z Qurilish materiallari sohasida - 17ta, shu jumladan sement ishlab chiqaruvchilar orasida - 14ta, kichik va o‘rta korxonalarda - 15ta va boshqalar amalga oshirildi (broshyura).
Sub-loyihalarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining oltita banki orqali amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, «AsakaBank» ATB, «SanoatQurilishBank» ATB, «HamkorBank» ATB, «AsiaAllianceBank» ATB, «Infinbank» ATB.


Bundan tashqari, hozirda Yevropa investitsiya banki tomonidan 100 million yevroni ajratish ma'qullangan va bu o‘z navbatida yirik, kichik va o‘rta sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha sub-loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Ta'kidlash joizki, loyiha 2023 yilgacha davom etadi. Respublikamizning sanoat korxonalari sarmoya olish uchun ishtirok etuvchi banklardan biriga murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun bankka ariza yuborish va Jahon banki tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, imtiyozli va qulay shartlarda mablag‘dan foydalanish kifoya.


Tayyor mahsulotlar tannarxidagi elektr energiyasining ulushi o‘rtacha 40% ni tashkil etishi hisobga olinsa, energiya resurslaridan oqilona foydalanish muhimligini inobatga olmaslik qiyin.
Jiddiy yondashuv, sifatli va eng muhimi, muammolarni o‘z vaqtida hal etish belgilangan maqsadga erishishimizga imkon beradi: energiya sarfini optimallashtirish va energiya sarfini iqtisodiy jihatdan foydali darajaga kamaytirish.
Zero, aynan energiya samaradorligi resurslarni tejash va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradigan muhim omil hisoblanadi!
Ma'lumotlarni olish uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +99871 232 64 19 (dushanba-juma kunlari, soat 9.00 dan 18.00 gacha)
Telegram-kanal: t.me/UZEEF
Facebook: fb.com/UZEEFWORLDBANK
Instagram: @uzeef_project
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni kisqartirish vazirligi saytidagi veb-sahifa: mineconomy.uz/uz/node/373
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
08:21 / 20.05.2026
Dunyodagi eng yirik elektr energiyasi manbalari reytingi
09:17 / 17.03.2026
Kubada milliy miqyosdagi blekaut yuz berdi
18:05 / 10.02.2026
«Kvartplata»dan qarzdorlar uchun elektrga to‘lov qilish cheklanadi
07:45 / 08.10.2025