Sport | 04:17 / 16.12.2020
4963
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Real» o‘z maydonida «Atletik»dan ustun keldi, Benzemadan dubl

Foto: Marca

Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida «Real» o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qilib, navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Kroos va Benzemaning (2ta) gollariga basklardan Kapa bir bor javob berdi. E'tiborlisi, mehmonlar 80 daqiqa davomida kamchilikda o‘ynashdi – Raul Garsiya 13-daqiqada qizil kartochka oldi.

«Real» ochkolarini 26taga yetkazib, peshqadamlar «Real Sosedad» va «Atletiko»ga yetib oldi. Ammo to‘plar nisbatiga ko‘ra, 3-o‘rinda qoldi. 14 ochkoga ega «Atletik» 13-pog‘onani egallagan.

La Liga, 19-tur

Real – Atletik 3:1
15 dekabr, «Estadio Alfredo Di Stefano»
Gollar: Kroos (45+1), Benzema (74, 90+2) – Kapa (52).
Real – Kurtua, Varan, Karvaxal, Ramos, Mendi, Modrich, Kroos, Vaskes (Rodrigo, 75), Valverde (Isko, 64), Vinisius Junior (Asensio, 63), Benzema. 
Atletik – Unai Simon, Yyeray Alvares, Martines, Kapa (Lekue, 80), De Markos (Muniain, 80), Raul Garsiya, Dani Garsiya, Berenger (Kordoba, 59), Vensedor (Vesga, 66), Berchiche, Uilyams (Vilyalibre, 67).
Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (8), Vaskes (42), Yyeray Alvares (80).
Chetlatish: Garsiya (13).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid