Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi joriy etiladi
“Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish” davlat korxonasi Toshkent shahar hokimligi tizimiga o‘tkaziladi.
“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi ishtirokida chiqindilar bilan bog‘liq ishlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.
2021 yil 1 martdan qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi quyidagi tartibda bosqichma-bosqich joriy etiladi:
1-bosqichda (2021 yilda) – Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadigan mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yig‘ish;
2-bosqichda (2022 yilda) – “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan barcha hududlardagi yakka tartibdagi turar joy sektorida qattiq maishiy chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yig‘ish;
3-bosqichda (2023 yildan boshlab) – barcha tumanlarda chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yig‘ish.
1-bosqichda iste'molchilar rangli chiqindi konteynerlari va (yoki) qayta ishlanadigan paketlar bilan bepul ta'minlanadi.
Chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari iste'molchilar tomonidan chiqindilar saralab yig‘ilganligini inobatga olib pasaytirilgan holda belgilanadi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026