Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2ta avtobus saroyi Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi
“Toshshahartransxizmat” AJ tizimida zamonaviy talablarga javob beradigan, o‘z ichiga avtobuslarga servis va ta'mirlash xizmatlari ko‘rsatish ustaxonalari, avtobus yuvish, elektrobuslarni quvvatlash hamda transportlarga yonilg‘i (dizel/benzin va siqilgan tabiiy gaz) quyish shoxobchalariga ega bo‘lgan zamonaviy avtobus saroylari qurilishini jadallashtirish maqsadida hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Ma'lum qilinishicha, 5-avtobus saroyi binosi va hududi “Transyo‘lqurilish” DUKga, 8-avtobus saroyi binosi Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoshida “Qurilish xabi” tashkil etish uchun ajratib berilgan.
Loyihaga ko‘ra, 5-avtobus saroyi Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumaniga, 8-avtobus saroyi esa Toshkent tumaniga ko‘chiriladi. Ular uchun yangi zamonaviy avtobus saroylari quriladi va qurilish budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Qaror loyihasida Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda zamonaviy avtobus saroylari qurilishi uchun yuqoridagi tumanlardan qishloq xo‘jaligi foydalanishida bo‘lgan yer uchastkalarini, istisno tariqasida elektron auksionsiz ajratib berishi ko‘zda tutilgan va Toshkent shahar hokimligi buyurtmachi etib belgilangan.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026