O‘zbekiston | 15:43 / 18.12.2020
72291
2 daqiqa o‘qiladi

Kunduzi «fara»larni yoqib yurish bo‘yicha talab bekor qilindi

Barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabiga o‘zgartirish kiritildi

Joriy yilning 17 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 796-son qarori qabul qilindi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilindi. 

Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6ta holat bo‘yicha majburiy etib belgilandi:

  • transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
  • yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
  • bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
  • xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
  • mexanik transport vositalarini shatakka olishda;
  • mototsikl va mopedlarda. 

Ushbu talablar yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlashga, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini asrashga xizmat qiladi, deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid