Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada vaksinalar narxi sir saqlanayotganiga qaramay oshkor qilib qo‘yildi
Belgiya hukumatining budjet va iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha vaziri Yeva de Bleyeker hukumat tomonidan sotib olingan koronavirusga qarshi vaksinalar narxini tvitterda tasodifan oshkor qilib qo‘ydi. Gap shundaki, Yevropa ittifoqida vaksinalar narxi haqidagi ma'lumot sir saqlanmoqda.
HLN yangiliklar saytining xabar berishicha, tvit tezda o‘chirib tashlangan, chunki Yevrokomissiya vaksina yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan tuzgan shartnomaga ko‘ra, vaksinalar narxi sir saqlanishi lozim. Biroq tvit o‘chirib tashlanganiga qaramay, unda keltirilgan ma'lumotlar internetda tezda tarqalgan.
De Bleyeker e'lon qilgan tvitda sotib olingan har bir vaksinaning nafaqat narxi, balki Belgiya vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyaga to‘lashi kerak bo‘lgan umumiy summa ko‘rsatilgan bo‘lgan. “Joriy yilda 33,5 mln dona vaksina sotib olinadi. Biz bunga umumiy hisobda 279 mln yevro to‘laymiz”, deb yozgan de Bleyeker va 2021 yilda vaksinalarni sotib olishga qo‘shimcha 500 mln yevro ajratilishini ma'lum qilgan.
Tvitga biriktirilgan jadvaldan AstraZeneca vaksinasi 1,78 yevro turishi va 77, mln doza uchun umumiy hisobda 14,6 mln yevro to‘lanishini ko‘rish mumkin. Jadvalga ko‘ra, ushbu kompaniyaning vaksinasi eng arzon hisoblanadi. Eng qimmat vaksina esa Moderna’niki bo‘lib, bir dozasi 18 dollar turadi. Jadvalga ko‘ra, eng ko‘p miqdorda vaksina Sanofi/GSK’dan sotib olinadi – 7,74 mln doza. Summasi bo‘yicha eng qimmat buyurtma esa BioNTech/Pfizer kompaniyalarida bo‘lib, qiymati 64,8 mln yevroni tashkil qiladi.
De Bleyeker tvitterdagi xabariga izoh berib, hukumatda vaksinalarni sotib olishga mablag‘ borligi borasidagi ba'zi shubhalar sababli yuzaga kelgan bahsga barham bermoqchi bo‘lganini aytgan. “Siyosatimning ustunlaridan biri – ochiq-oydinlik. Biroq, ehtimol, bu vaziyatda men ochiq-oydinlikni oshirib yubordim”, deb tan olgan vazir. Biroq, uning fikricha, ushbu tvit hech narsani tahdid ostiga qo‘ymaydi. “Vaksinalar tayyor, ular yetkazib berilmoqda, ular uchun pullar ajratib bo‘lingan”, deb qo‘shimcha qilgan De Bleyeker.
Yevrokomissiyada ushbu vaziyatga javoban yuz bergan hodisaga izoh berilmasligi, biroq vaksinalar narxi haqidagi axborot maxfiy hisoblanishi ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
14:45 / 02.03.2026