Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘rg‘ontepaning 14 yillik hokimi Sirdaryo viloyatiga ishga o‘tishi kutilmoqda
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida ko‘p yillardan buyon hokim lavozimida ishlab kelgan Avazbek Ergashev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlashi kutilmoqda.
Andijon viloyati hokimligidagi manba tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma'lumotga ko‘ra, 20 dekabr kuni viloyat hokimligida Avazbek Ergashevni kuzatish marosimi o‘tkazilgan.
Avazbek Ergashev Qo‘rg‘ontepaga 2006 yil 18 yanvar sanasidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. U Sirdaryoda yaqinda Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Komiljon Sobirov o‘rnida ish boshlaydi.
Joriy yilda Andijon viloyatining Jalaquduq, Xo‘jaobod, Asaka, Oltinko‘l, Bo‘ston tumanlari va Xonobod shahrida hokimlar almashgandi.
Ayni paytda viloyatdagi ikkita tumanda – Andijon va Qo‘rg‘ontepa tumanlari hokimsiz qolgan. Andijon tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinov shu yilning aprel oyidan ishdan bo‘shatilgan bo‘lib, mutasaddining nima sababdan ishdan olingani oshkor qilinmadi.
Mavzuga oid
14:01 / 07.10.2025
Andijonda qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi
15:52 / 16.05.2025
Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
20:50 / 11.06.2024