27 aprel kuni internetda Andijon viloyatining Andijon tumani hokimi Uluğbek Xalimoviç Isomiddinov işdan ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bu xabarlarda 7 yildan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan salomatligi tufayli lavozimidan böşatilgani, uning örnini şu kunga qadar viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelayotgan Furqatbek Buzrukov tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani aytilgandi.
Kun.uz muxbiri Andijon viloyat hokimligi rasmiy şaxslari bilan boğlanganida ular tomonidan Uluğbek Isomiddinov bir hafta davomida Andijon tibbiyot instituti klinikasida davolangani va 28 apreldan Andijon tuman hokimi vazifasini bajarişga qaytişi haqida ma'lumot berildi.
Isomiddinov 2018 yilning yanvarida tuman hokimligidagi yiğilişlardan birida fermerlarni qattiq sözlar bilan haqoratlagaç, OAV orqali «tanila» boşlangandi. «Ozodlik» muxbiri bilan suhbatda u yiğilişlarda fermerlarni tergaşga töğri kelişini tan olgan va boşqa bunday xato qilmaslikka va'da bergandi.
2018 yilning fevralida esa barça fermerlardan yerlarini davlat zaxirasiga topşiriş haqida majburiy tarzda ariza yozdirib olgani töğrisida xabar tarqalgandi.
2019 yil martida Andijon viloyati hokimligi naşri — «Andijonnoma»da Andijon tumani hokimi Uluğbek Isomiddinov haqida katta tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.

















