Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda fuqaro foydasiga 9000 dollar undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining qarzdor S.Umriuzoqovadan undiruvchi G.Eshdavlatova foydasiga 9000 ming AQSh dollarini undirish to‘g‘risidagi ijro ishi byuroning Navoiy shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan, deb xabar beradi MIB matbuot xizmati.
Shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor S.Umriuzoqovaga nisbatan ijro ishi ijrosini ta'minlash uchun ixtiyoriy muddat berilgan, biroq ushbu qarz summalari o‘z vaqtida to‘lanmagan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan G.Eshdavlatova foydasiga 9000 ming AQSh dollari undirib berildi va ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunining 41-moddasiga asosan ish yurituvdan tamomlandi.
Mavzuga oid
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
10:17 / 19.12.2025
Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi
09:59 / 26.11.2025
Xitoy kompaniyasi Navoiyda atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi
13:06 / 01.11.2025