Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tarafdorlari uning “inauguratsiya”sini o‘tkazishmoqchi
Foto: Reuters
AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning minglab tarafdorlari saylangan prezident Jo Bayden inauguratsiyasi kuni Trampning “ikkinchi inauguratsiyasi”ni virtual tarzda o‘tkazishmoqchi.
Facebook’dagi sahifada 60 mingdan ko‘proq kishi “Donald Trampning ikkinchi inauguratsiyasi marosimi” deb atalgan tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan. Yana 260 ming kishi tadbir sahifasida unga “qiziqayotgani” haqida belgi qo‘ygan.
“Biz prezident Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchi 325 ming kishidan iborat guruhmiz. Biz biror-bir rasmiy tashkilotga hech qanday aloqamiz yo‘q”, deyilgan sahifada.
Ta'kidlanishicha, tadbirni 20 yanvar kuni o‘tkazish rejalashtirilgan. Xuddi shu kun Bayden ham prezidentlikka qasamyod keltiradi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i “Trampning inauguratsiyasi” e'lon qilingan sahifada “Jo Bayden – saylangan prezident. Uning AQShning 46-prezidenti sifatidagi inauguratsiyasi 2021 yil 20 yanvarda o‘tadi” deb eslatib ketilgan.
Bayden AQShda 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlari g‘olibi deb e'lon qilindi. Amaldagi prezident Tramp hanuzgacha o‘z mag‘lubiyatini tan olmayapti va sudlar orqali saylovlar natijalari bo‘yicha da'volashishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
22:45 / 13.01.2026
«Yordam allaqachon yo‘lda». Tramp eronliklarga murojaat qildi
17:05 / 13.01.2026
AQShda Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauellga nisbatan tergov boshlandi
13:55 / 13.01.2026
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
13:14 / 13.01.2026