Jamiyat | 21:50 / 24.12.2020
7962
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda bir oilaning uch a'zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida uch nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

«23 dekabr kuni soat 16:50da Kogon shahar IIB navbatchilik qismiga «Xo‘jabargi» MFY, Farovonlik ko‘chasi, 120-uyda yashovchi S.Q.ning uyidagi isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib, oila a'zolari (xotini va ikki nafar farzandi) vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida marhum N.Q. va uning farzandlari S.S. hamda B.H.ning o‘limi bilan bog‘liq holatni aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan», deyiladi ma'lumotda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid