Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston BMTning uchta tuzilmasi bilan hamkorlikni kengaytiradi
Bu haqdagi qaror davlat rahbari tomonidan 15 dekabr kuni imzolandi, deb yozmoqda Norma.
Gap BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOOD) xususida bormoqda. Ularning barchasi Italiyaning poytaxti – Rimda joylashgan.
2020 yil noyabr oyida O‘zbekiston yaqin 2 yil muddatga FAOning Yevropa uchun Mintaqaviy konferensiyasi raisi etib saylangan.
Qayd etilishicha, FAO, QXRXJ va BOOD bilan hamkorlikni har tomonlama kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi va tegishli “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi:
elchi o‘rindoshlik asosida mamlakatning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi doimiy vakili etib tayinlandi. U bu sifatda O‘zbekistonning mazkur tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligiga doir barcha masalalarni muvofiqlashtiradi;
maslahatchi — doimiy vakil o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. Uning majburiyatlari jumlasida — FAO, QXRXJ va BOOD bilan tizimli amaliy hamkorlikni rivojlantirish;
elchixonaning maslahatchisi lavozimi elchixonaning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘zgartirildi.
Hujjat 16.12.2020 yildan kuchga kirdi.