Jahon | 14:19 / 28.12.2020
8021
1 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila Sisak va Petrinya shaharlarida kuchli bo‘lgan, shuningdek, Zagrebda ham yer silkinishi sezilgan.

Foto: Vecernji List

Xorvatiyaning markaziy qismida 5,2 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Vecernji List nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bir nechta uyga zarar yetgan.

Zilzila o‘chog‘i Xorvatiya poytaxti Zagrebdan 51 kilometr uzoqlikda, Sisak shahri yaqinida joylashgan.

Zilzila Sisak va Petrinya shaharlarida kuchli bo‘lgan, shuningdek, Zagrebda ham yer silkinishi sezilgan.

Aholi sarosimada uylarini tark etgani aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid