Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Mo‘minjonov «Neftchi» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi
Bugun, 2 yanvar kuni «Neftchi» PFK qarorgohida jamoa yangi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovni tanishtiruv marosimi o‘tkazildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Farg‘ona viloyat hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimining sport va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xurshid Ahmedov va «Neftchi» klubi rahbari Zohidjon G‘ofurovlar ishtirok etib, Ilhom Mo‘minjonov «Neftchi» jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlanganligi haqida e'lon qilingan. Murabbiy bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.

Shundan keyin, Ilhom Mo‘minjonov so‘zga chiqib, bor kuchi va tajribasini farg‘onalik muxlislar ishonchini oqlash va jamoaning Superligadagi ishtiroki va salohiyatini qayta tiklashga sarflashini bildirgan.

Qayd etish joiz, Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi sifatidagi faoliyati davomida ham 2017 yilda Ilhom Mo‘minjonovni «Navbahor» klubi bosh murabbiyi sifatida tayinlagan va namanganliklar o‘sha mavsumda 5-o‘rinni egallashgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» Superligaga o‘tish o‘yinida «Andijon»ga mag‘lub (1:3) bo‘lib, reglamentga binoan 2021 yilda ham Pro ligada o‘ynashi lozim.
Mavzuga oid
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
11:39 / 10.04.2026