Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxati kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori bilan tasdiqlangan Respublikada karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Norma’ning yozishicha, «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq hujjat O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxati deb qayta nomlandi.
Ro‘yxatga quyidagi guruhlar kiritildi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida uchramaydigan o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlar:
a) zararkunandalar – 88 nomdagi;
b) o‘simlik kasalliklari:
- zamburug‘ kasalliklari – 16 turdagi;
- nematodalar – 5 turdagi;
- bakterial kasalliklar – 11 turdagi;
- virus kasalliklari – 24 turdagi;
v) begona o‘tlar – 36 nomdagi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tarqalgan o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlar:
a) zararkunandalar – 7 turdagi;
b) begona o‘tlar – 3 turdagi.
O‘simliklar karantini – qishloq xo‘jaligiga va boshqa o‘simliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday obektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Hujjat 22.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026