Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 120dan ortiq odam pirotexnika vositalari oqibatida jarohat oldi
O‘zbekistonda yangi yil arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida 120dan ortiq odam jarohat oldi. Ularning 80 foizi voyaga yetmagan bolalardir.
Pirotexnika sabab 6ta xonadonga o‘t ketgan. 12 million donadan ortiq pirotexnika mahsulotlari musodara qilingan, 258 kishi ma'muriy, 17 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, 1048ta holat bo‘yicha hujjatlar sudlarga va boshqa organlarga qonuniy chora ko‘rish uchun yo‘naltirilgan.
2010 yil 22 sentyabrdagi qonun bilan mamlakatda pirotexnika vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ishlatish, shuningdek noqonuniy olib kirish, eksport qilish yoki sotish uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik joriy etilgan.
Mavzuga oid
19:34 / 20.12.2025
Yil boshidan buyon 7,2 mln dona pirotexnika buyumlari ushlab qolindi - Bojxona qo‘mitasi
09:48 / 18.12.2025
Toshkent viloyatida qo‘lbola pirotexnika vositalari aniqlandi
11:32 / 03.11.2025
Pirotexnika bo‘yicha davlat nazorati va jarimalar oshiriladi
15:00 / 16.07.2025