Jahon | 14:18 / 05.01.2021
6889
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ruminiyadagi aviabazaga razvedka-zarba beruvchi dronlarini joylashtirdi

MQ-9 Reaper dronlaridan Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi terrorchi guruhlarga aniq zarba berishda ko‘p marta foydalanilgan.

Foto: General Atomics Aeronautical Systems

AQSh Ruminiyadagi Kimpiya-Turziy aviabazasiga MQ-9 Reaper razvedka-zarba beruvchi dronlarini joylashtirdi. Bu haqda AQShning Yevropa va Afrikadagi qo‘mondonligi xabar qildi.

"AQSh harbiy-havo kuchlari NATO operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashda razvedka va kuzatuv missiyalarini olib borish uchun Ruminiyadagi Kimpiya-Turziy 71-aviabazasiga MQ-9 Reaper dronlari hamda 90 nafarga yaqin harbiy xizmatchilarni joylashtirdi", - deyiladi xabarda.

2018 yilda MQ-9 Reaper dronlari Polshadagi Miroslavets 12-aviabazasiga joylashtirilgandi.

MQ-9 Reaper dronlaridan Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi terrorchi guruhlarga aniq zarba berishda ko‘p marta foydalanilgan.

Dron havoda 27 soat tura olishi, 2 ming km masofaga parvoz qilishi va 1,7 tonna yukni tashishi mumkin. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid