Britaniyada uchinchi marta lokdaun kiritiladi

Foto: RIA Novosti
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirus tarqalishi kuchayayotgani sababli yangi milliy lokdaun kiritilishini e'lon qildi. U bu haqda millatga murojaatida ma'lum qilgan.
“Virusning yangi varianti qo‘rqinchli sur'atlar bilan tarqalmoqda. Shunisi ayonki, uni to‘xtatish uchun uchinchi milliy lokdaun lozim”, deb aytgan Jonson. Uning aytishicha, bu choralar koronavirusni nazorat ostiga olishga va mamlakatda katta ko‘lamli emlashni o‘tkazishga yordam beradi.
Jonsonning ta'kidlashicha, koronavirusning yangi shtammi tez tarqalishi hukumatni xavotirlantirmoqda. U olimlar yangi shtamm avvalgilariga nisbatan 50-70 foiz yuqumliroq ekanini isbotlashganini qo‘shimcha qilgan. Shu sababli mamlakatdagi shifoxonalar har qachongidan ko‘ra katta zo‘riqish his qilmoqda va yangi choralar qabul qilinmasa, sog‘liqni saqlash tizimi resurslari 3 haftadan keyin poyoniga yetishi mumkin.
Yangi cheklovlar 5 yanvardan kuchga kiradi. Britaniyadagi barcha maktablar masofadan o‘qitish tizimiga o‘tadi.
Asosiy cheklovlar esa 6 yanvardan joriy qilinadi. Jumladan, butun mamlakat bo‘ylab majburiy o‘zini yakkalash joriy qilinadi: fuqarolarga faqat ishga borish, oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj buyumlarini xarid qilish, tibbiy yordam olish yoki sport bilan shug‘ullanish uchun uylarini tark etishga ruxsat beriladi. Surunkali og‘ir kasalliklarga ega odamlarga uylarini umuman tark etmaslik tavsiya qilingan.
Jonson yaqin 3 oyda o‘n millionlab britaniyaliklar emlanishiga umid qilayotganini qo‘shimcha qilgan.
4 yanvarda britaniyalik tibbiy xodimlar hukumatga murojaatlarida mamlakatda epidemiologik xavflilik darajasini maksimal – beshinchi darajaga oshirishga chaqirishgan. Ularning ta'kidlashicha, aks holda sog‘liqni saqlash tizimi tobora ko‘payayotgan bemorlar oqimini eplay olmay qoladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi
Jahon | 15:45
-
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17
-
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)
Jahon | 14:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston | 14:43
Mavzuga oid

14:44 / 20.02.2025
The Times: Britaniya Ukrainaga qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin

09:45 / 17.02.2025
Britaniya bosh vaziri Ukrainaga qo‘shin jo‘natishga tayyor

18:16 / 04.02.2025
Buyuk Britaniyada zudlik bilan 120 mingta zirhli nimcha chaqirib olinadi

13:46 / 04.02.2025