Elektr energiyasida kuzatilayotgan uzilishlar bo‘yicha bayonot berildi
Energetika vazirligi elektr energiyasida kuzatilayotgan uzilishlar bo‘yicha bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo va Qozog‘istonni bog‘lovchi yagona energetik tizimining elektr uzatish tarmoqlarida rejadan tashqari sodir bo‘lgan uzilishlar sababli avariyaga qarshi avtomatika ishlagan.
Energetik qurilmalarga shikast yetmaslik uchun uskunaning texnologik himoyasi avtomatik ravishda ishlagan va ayrim elektr stansiyalardagi energobloklar o‘chirilgan.
Xususan:
To‘raqo‘rg‘on IESda quvvati 750 MVt dan 500 MVt gacha;
Taxiatosh IESda 280 MVt dan 150 MVt gacha;
Navoiy IESda 450 MVt dan 230 MVt gacha;
Toshkent IESda 370 MVt dan 180 MVt gacha quvvat kamaygan.
Shuningdek, Talimarjon IESning umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan ikkita BGQlari o‘chirilgan.
Bildirilishicha, ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stansiyalarda ish rejimi qayta tiklangan.
Mazkur o‘chish holatining sabablari o‘rganilmoqda.
“Yaqin soatlarda elektr energiyasi ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz”, - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:29 / 29.10.2024
Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi
23:44 / 19.10.2024
“Yashil” elektr stansiyalar orqali atmosferaga yiliga 21 mln tonna zararli gazlar chiqishi oldi olinadi - Energetika vazirligi
00:36 / 19.10.2024