Jahon | 01:09 / 06.01.2021
2325
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada karantin yanvar oxirigacha uzaytirildi

Foto: Reuters

Germaniya hukumati 2020 yil 16 dekabrda kiritilgan karantinni yanvar oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel federal yerlar rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish natijalari bo‘yicha ma'lum qildi.  

Merkel Germaniyaning koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘ir hududlarida fuqarolarga o‘z uylaridan zaruratsiz 15 km uzoqlashish taqiqlanishini tasdiqlagan. Ushbu cheklovlar hafta davomida 100 ming aholiga 200ta kasallanish holati to‘g‘ri keladigan okruglarda kuchga kiradi.

Germaniyada koronavirus tarqalishining yangi to‘lqini sababli noyabr boshida dastlab kafe va restoranlar yopilgandi, biroq bu yetarli bo‘lmagan. Dekabr o‘rtalarida cheklovlarni qat'iylashtirishga va deyarli barcha savdo nuqtalarini yopishga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda o‘shandan beri teatrlar, muzeylar, sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari ishlamayapti, o‘quvchilar masofadan o‘qitishga o‘tkazilgan. Ushbu choralar 10 yanvargacha amal qilishi kutilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid