Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Pfizer vaksinasining ikkinchi dozasi bilan emlashni to‘xtatib turishni so‘radi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining vaksinalar bo‘yicha maslahatlashuv guruhi Pfizer/BioNTech vaksinasining ikkinchi dozasi bilan emlashni vaqtincha to‘xtatib turishni taklif qildi.
MedicalXpress nashrining xabar berishicha, bunday qadam vaksina yetishmayotgan hozirgi vaziyatda iloji boricha ko‘proq odamlarni emlash bilan qamrab olish istagi bilan bog‘langan.
Vaksinaga yo‘riqnomada ikkinchi dozani birinchi doza kiritilgandan 21-28 kundan keyin kiritish kerakligi aytilgan. Biroq JSSTda buni bir necha hafta keyinroqqa surish mumkin degan qarorga kelingan.
5 yanvarda Norvegiyada Pfizer/BioNTech vaksinasini o‘zida sinagan ikki kishi vafot etgani ma'lum qilindi. Biroq hozircha ushbu o‘limlar vaksina bilan bog‘langani yoki yo‘qligi noma'lum.
Avvalroq esa portugaliyalik tibbiy xodim Sonya Asevedo ushbu vaksina bilan emlangandan 48 soat o‘tib vafot etgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026