Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyati hokimligi sayti hakerlar hujumiga uchradi
Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi bir qator tuman va shaharlar rasmiy saytlari 6 yanvar kuni hakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati 2021 yilning 6 yanvar kuni viloyat, shahar va tumanlarning rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchraganligini ma'lum qiladi», deyiladi xabarda.
Ma'lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy saytida hakerlar tomonidan viloyat hokimiga murojaat yozib qoldirilgan.
«AKT bo‘limiga universitetni otasining puliga tugatgan kattakonlarning bolasini emas, soha bo‘yicha haqiqiy mutaxassislarni ishga oling. Biz bugun hokimiyat tizimiga kirib bordik. Agar yaxshi mutaxassislarni e'tiborga olib, ularga qimmatli vaqtingizni ajratmasangiz, butun internetda sizning yopiq qaror va farmoyishlaringiz sharmandalarcha tarqaladi. Xavotir olmang, sizning ‘tupoy’ AKT xodimlaringiz sharofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik», deyiladi unda.

Viloyat hokimligi saytidan tashqari Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Oltinsoy, Muzrabot, Denov, Uzun, Angor va Qiziriq tumanlari hokimliklari saytlari ham hakerlar hujumiga uchragan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati hozirda saytlarni asl holida ishlatish choralari ko‘rilayotgani va bu haqda qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
11:00 / 15.05.2026