So‘nggi yillarda hududda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, zamonaviy turizm infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Xususan, tog‘lar uzra harakatlanuvchi zamonaviy dor yo‘li foydalanishga topshirildi. Ushbu loyiha tashrif buyuruvchilarga betakror manzaralarni balandlikdan tomosha qilish imkonini bermoqda.

Bundan tashqari, hududda dam olish maskanlari, restoranlar, mehmon uylari hamda boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalari bosqichma-bosqich barpo etilib, sayyohlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda.

Sangardak sharsharasining shovullagan suvlari, ulkan tog‘lar va musaffo tabiat qo‘ynidagi ushbu maskan qisqa vaqt ichida mamlakatimizning eng mashhur turizm nuqtalaridan biriga aylanib ulgurmoqda.

Eng muhimi, hududni yanada rivojlantirish maqsadida kelgusida yana bir qator yirik loyihalarga start berilishi rejalashtirilgan. Bu esa Sangardakning turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Bir marta borgan inson yana qaytishni istaydigan maskan — bu Sangardak.

Reklama huquqi asosida