Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShda Xitoyning sakkizta ilovasidan foydalanishni taqiqladi
Farmonga ko‘ra, Alipay, WeChatPay, QQWallet, Tencent QQ, Camscanner, SHAREit, Vmate va WPS Office ilovalaridan foydalanish taqiqlanadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda Xitoyning sakkizta ilovasidan foydalanishni taqiqlaydigan farmonga imzo chekdi.
Uning izoh berishicha, bu ilovalar foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini olish imkoniyatiga ega bo‘lib, bundan Xitoy hukumati foydalanishi mumkin.
Tramp 5 yanvarda imzolagan farmon 45 kundan so‘ng kuchga kiradi. AQSh savdo vazirligiga ushbu farmon bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash topshirig‘i berildi.
Farmonga ko‘ra, Alipay, WeChatPay, QQWallet, Tencent QQ, Camscanner, SHAREit, Vmate va WPS Office ilovalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Alipay va WeChat servislaridan Xitoyda faol foydalaniladi, ammo AQShda ular unchalik keng tarqalmagan, deb yozadi The Wall Street Journal. Masalan, o‘tgan yili Alipay ilovasi App Store va Google Play do‘konlaridan 207 ming marta yuklab olingan.
Tramp tomonidan taqiqlangan ilovalar orasida yuklab olishlar bo‘yicha Camscanner skanerlash ilovasi yetakchi bo‘lib, u 4,4 mln marta yuklab olingan.
Tramp o‘tgan yili WeChat ilovasini bloklashga uringandi. O‘shanda Xitoy bilan ishlaydigan qator kompaniyalar, jumladan, Apple Inc., Ford Motor Co., Walmart Inc. va Walt Disney Co kompaniyalari WeChat Xitoy biznesi uchun juda muhim ekanligini bildirgandi.
Kaliforniya federal sudi foydalanuvchilarning da'vo arizasidan so‘ng Trampning WeChat ilovasini bloklash to‘g‘risidagi farmonini to‘xtatib qo‘ygan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026