Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Qashqadaryoda harbiy parad bo‘lib o‘tdi
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Qashqadaryo viloyati Muborak shahrida harbiy parad tashkil etildi.


Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug saytida ma'lum qilinishicha, okrug paradni Muborak tuman hokimligi, viloyat IIB, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazdi.


Paradda qurollangan harbiy xizmatchilar, harbiy avtomobil va texnikalar ishtirok etdi, ularning ortidan tuman aholisi va yoshlar ergashdi.
Harbiy parad shahar markazidagi bayram dasturiga ulandi. Unda bayramona va ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.


Qo‘shimcha qilinishicha, 14 yanvar arafasida, «Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha» shiori ostidagi bu tadbirlar respublikaning boshqa hududlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026