Jahon | 19:17 / 09.01.2021
14825
1 daqiqa o‘qiladi

Madridda keyingi 80 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di

Qorning balandligi 60 santimetrga yetgan.

Foto: RTVE.es

Ispaniya poytaxti Madridda yog‘gan kuchli qor Barahas xalqaro aeroporti faoliyatini izdan chiqardi. Bu haqda davlat aeroportlar boshqarmasi (AENA) o‘z tvitterida xabar berdi.

 Keyingi 80 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘ishi sababli Madridda xatarning qizil darajasi e'lon qilindi. Qorning balandligi 60 santimetrga yetganligi aytilmoqda.

Foto: REUTERS / SERGIO PEREZ

 Ayni paytda poytaxtda avtobuslar harakatlanmayapti, avtomobillar qatnovi deyarli to‘xtagan. Hukumat aholini uylaridan chiqmaslikka chaqirmoqda. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Ispaniyaning katta qismiga yopirilgan bo‘ron oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid