Jahon | 09:50 / 11.01.2021
2628
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi yo‘l-transport hodisasida 20 kishi halok bo‘ldi 

Nigeriyada yengil mashina va avtobus to‘qnashuvi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohat oldi. 

Avtohalokat mamlakat shimolida joylashgan Bauchi shtatining Tirvun tumanida yuz bergan. Avtobusda 18 kishi, yengil mashinada esa 4 kishi bo‘lgan.

Mahalliy politsiya vakili Ahmad Vakilning ma'lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi qurbonlari tanib bo‘lmas darajagacha yonib ketishgan, ikki ayol omon qolgan. Qurbonlar jasadlari o‘likxonaga jo‘natilgan.

Ta'kidlanishicha, avtobus Borno shtatining Mayduguri shahriga, yengil mashina esa Bauchiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Avtohalokat tafsilotlari va sabablari o‘rganilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid