Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutdagi poyabzal ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 11 yanvar kuni, soat 11:24larda Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” MFYda joylashgan “Toyibaxon Nur" poyabzal ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilishicha, yong‘in oqibatida binoning taxminan 250 kvadrat metr maydoniga zarar yetgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 4ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan sa'y-harakatlari natijasida yong‘in soat 11:40da o‘rab olinib, 13:35da to‘liq bartaraf etilgan. Shuningdek, yong‘indan korxonaning 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Ushbu holatdan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisaning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:19 / 06.06.2026