Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada koronavirusning o‘ndan ortiq yangi turi aniqlandi
Qayd etilishicha, koronavirusning to‘rtta yangi shtammi tajovuzkorligi bilan ajralib turadi. Keniyalik olimlar mamlakatda koronavirus tarqalishi keskin avj olishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Keniyadagi tibbiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari koronavirusning 16ta shtammini aniqlashdi. Ularning 12tasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, hozircha dunyoning boshqa joylarida uchramagan, deb yozmoqda East African gazetasi.
"Yangi shtammlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular juda tez tarqaladi va kasallikning dastlabki bosqichida bemorda ularni aniqlash juda qiyin", – dedi tadqiqot ishtirokchilaridan biri Charlz Agoti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtammlar o‘tgan yil oxirida Taita okrugida aniqlangan. Ular koronavirusning JAR va Buyuk Britaniyada aniqlangan turlaridan genetik jihatdan farq qiladi.
"Mutatsiyaga uchragan viruslar Taitada kasallanish holatlari o‘sishiga sabab bo‘lgan", – dedi olim.
Qayd etilishicha, koronavirusning to‘rtta yangi shtammi tajovuzkorligi bilan ajralib turadi. Keniyalik olimlar mamlakatda koronavirus tarqalishi keskin avj olishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Hozirda Keniyada 98,4 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan, 1716 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
14:36 / 27.02.2026
Keniyaliklarni RF urushiga yollash: ayblanuvchi qo‘lga olindi
13:51 / 20.02.2026