Manba: Inom Majidov Milliy universitetga rektor bo‘lishi kutilmoqda
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov O‘zbekiston milliy universitetiga rektor bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ning vazirlik ichki tizimidagi bir nechta manbalari ma'lum qildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbariyati tarkibida kuzatilayotgan o‘zgarishlar ortidan Inom Majidov ham yangi lavozimda ish boshlashi kutilyapti.
Kun.uz manbalariga ko‘ra, ayni paytda uning O‘zbekiston milliy universitetida ish boshlashi muhokama qilinmoqda.
Sayt muxbiri mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida vazirlik matbuot xizmati rahbari Farhod Babashev bilan bog‘landi. Ammo Babashev bu haqda o‘zida biror ma'lumot yo‘qligini ma'lum qildi.
«Bilmaymiz. Bu hali noma'lum. Qo‘limizda fakt yo‘q. Biror yangilik bo‘lsa, aytamiz», – dedi u.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Milliy universitet rektori Avazjon Marahimov hisoblanadi. U 2016 yil oktyabridan buyon ushbu vazifada faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq, Qonunchilik palatasi yig‘ilishida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov nomzodi ko‘rib chiqilgandi.
Deputatlar tomonidan Abduqodir Toshqulov oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga ma'qullandi. Endilikda u lavozimiga bosh vazir taqdimoti va prezident farmoni asosida kirishishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Inom Majidov 2016 yil sentyabridan oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
16:34 / 01.11.2023
Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi
17:05 / 31.10.2023
Abduqodir Toshqulov ham prezident administratsiyasidan ketdi
17:59 / 30.12.2022
Ishmetov va Toshqulov Prezident administratsiyasiga ishga o‘tkazildi
18:04 / 06.12.2022