Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahri, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Samarqand shahri, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan bino tegishli hududi bilan birgalikda “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin beriladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi ushbu binoga joylashtiriladi.
Shuningdek, quyidagilar:
- muzey binosini ta'mirlash va hududini obodonlashtirish, muzey ekspozitsiyasini yaratish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar – Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan;
- muzeylarga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlariga ish haqi to‘lash –Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq;
- muzeyni saqlash xarajatlari – Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, muzeyning o‘z daromadlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi belgilab qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026