Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hakim Fuzaylov «Dinamo» bosh murabbiyi sifatida ish boshladi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan «Dinamo» jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
«Klub rahbariyati bir qator mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazib, bosh murabbiy masalasida kelishuvga erishdi. Bugun, 15 yanvar kuni «Dinamo» jamoasi qarorgohida klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tojikistonlik taniqli murabbiy Hakim Fuzaylov «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Hakim Qayumovich oldiga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi yuklatildi. Murabbiy bilan bir yillik shartnoma imzolanib, Superligaga chiqish vazifasi bajarilgach shartnoma uzaytiriladi. Bosh murabbiyga bungacha klubda faoliyat yuritayotgan mahalliy mutaxassislar Jasur Hamroyev va Dilshod Sharofutdinov yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Shuhrat Murodov ishlashda davom etadi», - deyiladi xabarda.
Hakim Fuzaylov «Dinamo» uchun begona emas. 56 yoshli mutaxassis 2000-2002 yillar davomida Samarqandda faoliyat yuritgan va murabbiy sifatida jamoaning O‘zbekiston chempionatidagi eng yaxshi natijasini qayd etishga hissa qo‘shgan. O‘shanda jamoa Oliy ligada 4-o‘rinni egallagan, O‘zbekiston kubogi finalida to‘p surgandi.
Ma'lumot uchun, tojikistonlik mutaxassis 2020 yilda «Xo‘jand» klubi bosh murabbiyi sifatida ishlab, jamoa bilan Tojikiston chempionatida 2-o‘rinni egallagandi.
Mavzuga oid
23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
14:08 / 13.05.2024
«Yosh o‘yinchilar mashg‘ulotga ham qatnay olmayapti». Samarqandga futbol kerak emasmi?
18:38 / 05.01.2024