Kadastr agentligi direktori boshqa ishga o‘tmoqda
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari - Kadastr agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Xalilillo To‘raxo‘jayev faoliyatini sud tizimida davom ettiradi. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, uning nomzodi Oliy sud raisi o‘rinbosari – Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisligiga ko‘rib chiqilmoqda.
- Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, Oliy sud raisi o‘rinbosarlari Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi.
Xalilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev 1972 yil 21 yanvarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi.
U 1997 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Toshkent shahar Hamza tumani sudining kureri lavozimida ishlashdan boshlagan.
1992-2008 yillar O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
2008-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmatining adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi inspektori, Sud tizimi faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi inspektori, 2014-2017 yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi, 2017 yil 12 apreldan 12 dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Xalilillo To‘raxo‘jayev 2017 yildan 2020 yilgacha Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida ishlagan.
U 2020 yil iyunda O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlamentda AQShdan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarish talab qilindi
Jahon | 12:28
-
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
O‘zbekiston | 12:21
-
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi
Jamiyat | 12:20
-
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
Jahon | 12:15
Mavzuga oid

19:23 / 24.12.2024
Deputat Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga "deputat so‘rovi" yubordi

10:19 / 08.11.2024
“Tanish-bilish o‘tmaydi” – Kadastr agentligi direktori yerga egalik huquqini olishda firibgarlarga aldanmaslikka chaqirdi

18:10 / 21.07.2024
Yangi rahbar qo‘l ostida: Raqobat qo‘mitasi sezilarli faollashdi

14:05 / 21.06.2024