Prezident farmoniga muvofiq Kadastr agentligi huzuridagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etilgan.
Hujjat bilan Milliy markaz to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan bo‘lib, unda quyidagilar belgilangan:
- markazning vazifalari, funksiyalari va huquqlari;
- uning bo‘linmalari va rahbariyatining majburiyatlari;
- quyidagi tartiblar:
- markazning yetakchi tashkilotlar bilan hamkorligi;
- moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minlash;
- xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish.
Milliy markazning asosiy vazifalari:
- ko‘chmas mulk obektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan qiymatini ommaviy baholash orqali aniqlash;
- ommaviy baholashning elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va yangilab borish, ommaviy baholash natijalarini ushbu bazaga kiritish;
- ko‘chmas mulk obektlarini ommaviy baholash bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘rganish, to‘plash va qayta ishlash asosida ko‘chmas mulk bozorini monitoring va tahlil qilish.











