Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi zilzilalar qurbonlari soni 42 nafarga yetdi
Indoneziyaning G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida yuz bergan zilzilalar qurbonlari soni 42 nafarga yetdi.
CNA telekanalining xabar berishicha, ayni vaqtda zilzila markazida qolgan Mamuju shahrida vayronalar ostidan 34 jasad chiqarib olingan, yana 8 kishi qidiruv-qutqaruv operatsiyasidan keyin vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, vayronalar ostida yana odamlar qolmoqda, biroq ularning soni noma'lum.
Tabiiy ofat hududidan 15 ming kishi 10 ta evakuatsiya markaziga ko‘chirilgan. 637 kishi jarohat olgan. Zilzilalar 300ga yaqin binoga zarar yetkazgan va hududda elektr va aloqa ta'minotining izdan chiqishiga olib kelgan.
15 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 2:28da G‘arbiy Sulavesida 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, 14 yanvarda ham ushbu hududda 5,9 magnitudali zilzila yuz bergan. Umuman olganda, seysmologik xizmat ushbu hududda 14 yanvardan beri 28ta aftershok qayd qilgan.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026