Jahon | 10:55 / 17.01.2021
4332
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda harbiy vertolyot halokatga uchradi

Foto: TASS

Filippinning Mindanao orolida UH-1H VVS vertolyoti qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib Manila Bulletin nashri xabar qildi. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat harbiy-havo kuchlariga qarashli vertolyot parvoz vaqtida tumshug‘i bilan keskin pastlab, katta tezlikda yerga urilgan. Vertolyot bortida 2 uchuvchi, ekipajning 2 a'zosi va 3 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Vertolyot armiya brigadalaridan birining ta'minoti bo‘yicha missiyani bajarayotgan bo‘lgan. Uning qulashi sabablari ma'lum qilinmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid