Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat migrantlari ko‘p bo‘lgan davlatlarda konsulxonalar ochiladi
Xorijiy mamlakatlardagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga xizmat ko‘rsatish, ular huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish tizimi tubdan rivojlantiriladi. Bu haqda 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, idoralararo chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Rejada:
- O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay sharoitlarni yaratib berish, ular huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lig‘i va hayotini sug‘urtalash;
- vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘rtasida idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjat imzolash;
- O‘zbekistonning chet eldagi konsullik idoralari faoliyatini takomillashtirish, xususan, fuqarolarga ko‘rsatiladigan onlayn konsullik xizmatlarini kengaytirish;
- mehnat migrantlari ko‘p bo‘lgan davlatlarda konsulxonalar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ochish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2021 yil 15 mart, ijro uchun mas'ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026