Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:48 / 18.01.2021
42958
2 daqiqa o‘qiladi
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi
2021 yil davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Foto: Shutterstock
Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra:
- avtomototransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida yo‘lga qo‘yish va yangi avtomototransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabini bekor qilish;
- transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari (davriyligi)ni uzaytirish;
- Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma)larida fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat'i nazar avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga davlat raqami belgilarini berishni amalga oshirish;
- barcha ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma)larida hamda kamida 20 ta Davlat xizmatlari markazlarida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishni (shu jumladan, almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini berish) fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat'i nazar amalga oshirish;
- haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlardan imtihon olish jarayonini jamoatchilik tomonidan, shu jumladan internet orqali kuzatish imkonini yaratish.
Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini kiritadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026