Jahon | 20:21 / 21.01.2021
2952
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada qariyalar uyidagi yong‘inda 15 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Xarkov shahrida joylashgan qariyalar uyida yuz bergan yong‘inda 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukrainaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma'lum qildi.

Foto: State Emergency Service of Ukraine/Handout via REUTERS

Yong‘in 21 yanvar kuni soat 15 atrofida 2 qavatli uyning 2-qavatida boshlangan. Voqea joyida 15 kishining jasadi topilgan, 5 kishi jabrlangan. Yana 9 kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan.

Yong‘in maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qilgan. Yong‘inni o‘chirishga 28 o‘t o‘chiruvchi va 7ta texnika jalb qilingan.   

Yong‘in davlat darajasidagi favqulodda vaziyat sifatida baholangan.

Fojia tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid