Jahon | 18:47 / 22.01.2021
4061
2 daqiqa o‘qiladi

Google Avstraliyada qidiruv servisini o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qildi

Qonun loyihasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari ularning maqola va xabarlarini joylashtirgani uchun Google va Facebook ularga pul to‘lashi kerakligi borasida shartnoma tuzishlari mumkin.

Foto: Picture Alliance

Google kompaniyasi agarda Avstraliya parlamenti qidiruv xizmatlari xabarlarga qo‘yilgan havolalar uchun OAVga pul to‘lashi kerakligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qiladigan bo‘lsa, mamlakatda internet qidiruv xizmati o‘chirib qo‘yilishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

 Avstraliya raqobat va iste'molchilarni himoya qilish komissiyasi tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasi ommaviy axborot vositalariga ularning maqola va xabarlarini joylashtirgani uchun Google va Facebook ularga pul to‘lashi kerakligi borasida shartnoma tuzish imkonini beradi.

 "Agarda qonun loyihasi ushbu tahrirda qabul qilinadigan bo‘lsa, Avstraliyada Google Search ishini to‘xtatishdan boshqa choramiz qolmaydi", – deb ta'kidladi Google Australia top menejyeri Mel Silva.

 Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mamlakat hukumati tahdidlarga e'tibor bermasligini aytdi.

"Avstraliyada nimalar qilish mumkinligini Avstraliyaning o‘zi belgilaydi", – dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid