Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron bilan muloqot boshlashga tayyorligini bildirdi - OAV
AQSh Eron hukumatiga Yevropadagi vositachilar orqali ikki tomonlama muloqotni taklif qilishga tayyor. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib Sky News Arabia telekanali xabar berdi.
Foto: AP
Pentagondagi manba ma'lumotlariga ko‘ra, “AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Tehron bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot boshlash tashabbusini bildirmoqchi”.
25 yanvarda Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Said Xatibzoda Tehron AQSh yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni bajarishga qaytmasa, Vashingtonga bir qadam ham peshvoz chiqmasligini aytgan. Xatibzodaning ushbu bayonoti AQSh Bayden prezidentligi muddati boshlangandan keyin yadro kelishuviga qaytishi mumkinligi haqidagi xabar ortida yangragan.
AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod Entoni Blinken 19 yanvarda Bayden Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvga erishmoqchiligini aytgan. U Vashington Eron bo‘yicha keyingi qadamlar doirasida AQSh kongressi, Isroil hamda Fors ko‘rfazi davlatlari bilan maslahatlashishini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
21:10 / 16.04.2026
AQSh Eronga qarshi yana bir «Iqtisodiy qahr» operatsiyasini boshlaydi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
18:29 / 16.04.2026