Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar velomarafonini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi
Velomarafon 2021 yildan boshlab an'anaviy ravishda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda 2021 yildan boshlab an'anaviy tarzda bolalar velomarafonini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Marafon Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida o‘tkaziladi.
Bu haqda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Kozimxo‘ja O‘rinboyxo‘jayev Maktabgacha ta'lim vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
O‘rinboyxo‘jayevga ko‘ra, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida begovel (pedalsiz velosiped)lardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.
«Dunyo tajribasidan ko‘rinmoqdaki, 2 yoshdan 5-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida begovellardan foydalanish ommalashmoqda. U AQSh va Yevropada bolalar transportining eng mashhur turi hisoblanadi. Begovelning asosiy afzalligi – bola pedalli velosipedga qaraganda muvozanatni saqlashni osonroq o‘rganadi. Undan foydalanish mushak-skelet tizimini rivojlantiradi, harakatlar tezligini muvofiqlashtiradi.
Shu nuqtayi nazardan, maktabgacha ta'lim tizimida begovellardan foydalanish loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyihaning pilot bosqichi Toshkent shahridagi 13ta maktabgacha ta'lim tashkilotida amalga oshirilmoqda. Bolalarning begoveldan to‘g‘ri foydalanishini ta'minlash maqsadida bog‘cha tarbiyachilariga sport murabbiylari tomonidan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur loyiha ekologik toza transport vositasi bo‘lgan velosipedni bolalar orasida ommalashtirishni maqsad qiladi. Loyiha pilot bosqichida muvaffaqiyatli amalga oshsa, bog‘chalardagi begovellar soni oshiriladi va bu butun respublika bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi», – deya bosh kotibning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, loyihaning dastlabki bosqichi uchun bog‘chalar Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi idorasi tomonidan 400ta, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tarafidan 500ta begovel bilan ta'minlangan.
«2020 yilning 18 noyabr kuni YeXHT, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Velosport federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolangan. Ushbu hujjat asosida, begovellar loyihasi bilan bog‘liq ravishda 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda bolalar velomarafonini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Bu – bolalarning havaskor sifatida velosportga qiziqishini oshirish bilan birga, professional sportga o‘tishi uchun platforma vazifasini ham bajaradi», – deya qo‘shimcha qildi Kozimxo‘ja O‘rinboyxo‘jayev.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
11:45 / 24.01.2026
Xorazmda xususiy bog‘cha vafot etgan bolalarni tarbiyalanuvchi sifatida ko‘rsatib, subsidiya o‘zlashtirdi
10:23 / 16.01.2026