Memorandum asosida maktabgacha ta'lim muassasalari zamonaviy begovel (bolalar uchun pedalsiz velosiped)lar bilan ta'minlanadi.

Shuningdek, O‘zbekistonda birinchi bolalar velopoygasi o‘tkaziladi.

Kelishuvni imzolash tadbirida O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda YeXHTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Jon Makgregor ishtirok etdi.

Sport vazirligi xabariga ko‘ra, memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – barcha hududlardagi bog‘chalarni bosqichma-bosqich begovellar bilan ta'minlash va tomonlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish orqali bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratishdir.