Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyada koronavirus cheklovlari bosqichma-bosqich olib tashlanishini aytdi
Moskvada 22 yanvardan cheklovlarning bir qismi olib tashlandi. Poytaxtda muzey, kutubxona va boshqa madaniyat muassasalari faoliyati tiklandi, kollejlar, sport maktablari va bolalar ko‘ngilochar muassasalari odatiy ish tartibiga qaytdi.
Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmoqda, pandemiya sababli kiritilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin talabalar bilan bo‘lgan onlayn uchrashuvda aytdi.
«Umuman olganda, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashmoqda. Bugun hisobotlarda eshitdim: sog‘ayganlar soni bemorlar sonidan oshgan», — dedi u.
Putin Moskvada ham vaziyat iziga tushayotganligini aytdi.
«Bu kiritilgan cheklovlarni olib tashlash imkoniyatini beradi», — dedi Rossiya rahbari.
Vaziyat yaxshilanishi ortidan Moskvada 22 yanvardan cheklovlarning bir qismi olib tashlandi. Poytaxtda muzey, kutubxona va boshqa madaniyat muassasalari faoliyati tiklandi, kollejlar, sport maktablari va bolalar ko‘ngilochar muassasalari odatiy ish tartibiga qaytdi.
Maktab o‘quvchilariga 18 yanvardan an'anaviy ta'lim shakliga qaytishga ruxsat berildi. Oliy ta'lim muassasalarida esa 6 fevralgacha onlayn ta'lim shakli saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
22:32
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20