Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda «Damas» harakatlanayotgan poyezdga kelib urildi
2021 yil 16 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida joylashgan Tangimush va Oqjar stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, “Damas” avtomobili svetoforning qizil chirog‘iga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lib, “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdining yon tomoniga urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomashina haydovchisi, 1995 yilda tug‘ilgan S.X. olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga olib ketilgan. Biroq unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, haydovchi hayotdan ko‘z yumgan.
Poyezd voqea joyida 13 daqiqa turib, so‘ng harakatini davom ettirgan. Poyezd yo‘lovchilari orasida qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
22:03 / 16.07.2026
Jazirama sabab poyezdlar tezligiga cheklov qo‘yiladi
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
10:40 / 14.07.2026