Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Abrorxo‘ja Turdaliyev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, uning zimmasiga kredit tashkilotlari prudensial nazorati, kredit tashkilotlarida moliyaviy monitoringni muvofiqlashtirish va valuta nazorati, kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish yo‘nalishlarini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatildi.
A.Turdaliyev 1979 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2000 yili Toshkent moliya institutini, 2013 yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda O‘zbekiston Markaziy bankida yetakchi iqtisodchilikdan boshlab, bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, departament direktori o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. Lavozimga tayinlangunga qadar esa, u Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
19:54 / 15.07.2026
Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
19:43 / 04.07.2026