Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev hibsga olindi
Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev noqonuniy boyishda gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 26 yanvarda Abilgaziyev so‘roqqa chaqirtirilib, unga noqonuniy boyishda gumon qilinishi haqida bildirish xati topshirilgan. Bundan tashqari, Abilgaziyev Kumtor oltin koni bilan bog‘liq ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida ayblanmoqda.
Abilgaziyev Qirg‘iziston hukumatiga 2018 yildan 2020 yil iyunigacha rahbarlik qilgan. 2020 yil 15 iyunda u o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste'foga chiqqan.
2020 yil oktyabrdagi noroziliklardan keyin Qirg‘izistonning avvalgi rahbariyati iste'foga chiqqach, Abilgaziyevga respublikadan tashqariga chiqish taqiqlangan. Ta'kidlanishicha, ushbu taqiqlov biror ish bo‘yicha sudgacha taftish boshlanishi holatida standart amaliyot hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026