Jahon | 17:54 / 27.01.2021
5943
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada IShIDning 12 nafar jangarisi qo‘lga olindi

Ta'kidlanishicha, ularning besh nafari Rossiya, to‘rt nafari O‘zbekiston va uch nafari Qirg‘iziston fuqarolaridir.

Foto: AP Photo / Emrah Gurel

Turkiya xavfsizlik kuchlari IShID terrorchilik tashkilotining 12 nafar jangarisini qo‘lga oldi. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

"2020 yil 31 dekabrda mamlakatimizga Suriyadan noqonuniy ravishda kirishga uringan 12 kishi qo‘lga olindi, ular Rayhonli shahri politsiya bo‘linmasiga olib kelindi. Ularning besh nafari Rossiya, to‘rt nafari O‘zbekiston va uch nafari Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi aniqlandi. Ularning barchasi IShID terrorchilari hisoblanadi", - deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, "har tomonlama surishtiruv davomida qo‘lga olingan terrorchilardan biri "qizil toifa"dagi qidiruvda bo‘lganligi aniqlandi".

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid